AQSh xorijda ishlab chiqarilgan routerlar importini taqiqladi

0
AQSh xorijda ishlab chiqarilgan routerlar importini taqiqladiAQSh xorijda ishlab chiqarilgan routerlar importini taqiqladi AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) chet elda tayyorlangan barcha yangi turdagi iste'molchi routerlarini mamlakatga olib kirishni taqiqlovchi qarorni qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, mazkur cheklovlar faqat standart uy routerlari bilan cheklanib qolmay, portativ Wi-Fi nuqtalari hamda turar joylar uchun mo'ljallangan LTE va 5G uskunalarini ham qamrab oladi. Yangi qoidalarga muvofiq, SIM-karta yordamida uy tarmog'ini internet bilan ta'minlovchi xorijiy qurilmalar importi ustidan qat'iy nazorat o'rnatiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, hotspot funksiyasiga ega bo'lgan smartfonlar hozircha ushbu cheklovlar ro'yxatiga kiritilmadi. Shuningdek, taqiq faqat endi ishlab chiqariladigan yangi modellarga taalluqli bo'lib, korporativ darajadagi uskunalar va savdoda mavjud eski modellar vaqtincha erkin muomalada qoladi.

Federal aloqa komissiyasi yaqin vaqt ichida AQSh bozoriga kirishiga ruxsat beriladigan ittifoqchi davlatlar qurilmalari ro'yxatini taqdim etadi. Tahlilchilarning fikricha, Xitoy brendlari va ushbu davlatda ishlab chiqarilgan routerlarning ruxsat etilgan modellar ro'yxatidan joy olish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari