Vivo eski smartfonlar uchun quvvati baland batareyalar taklif qilmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Vivo eski smartfonlar uchun quvvati baland batareyalar taklif qilmoqdaVivo kompaniyasi o'zining avvalgi smartfon modellari uchun akkumulyatorlarni yangilash xizmatini joriy etish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Digital Chat Station insayderi tomonidan ma'lum qilingan ushbu tashabbusga ko'ra, foydalanuvchilar o'z qurilmalaridagi eskirgan quvvat manbalarini zamonaviy Blue Ocean texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan yangi batareyalarga almashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ixbt.com nashrining yozishicha, mazkur yangi akkumulyatorlarning sig'imi original qismlarga nisbatan 500 dan 1500 mAs gacha yuqoriroq bo'lishi kutilmoqda.

Ushbu qadam eski smartfonlarning avtonom ishlash muddatini sezilarli darajada uzaytirib, ulardan foydalanish samarasini oshiradi. Soha mutaxassislariga ko'ra, xotira chiplari narxining o'sishi va iste'molchilarning qurilmalarni uzoqroq muddat ishlatishga bo'lgan moyilligi fonida, ishlab chiqaruvchilar uchun yangi mahsulotlar yaratish bilan bir qatorda, mavjud qurilmalarning xizmat muddatini uzaytirish strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Bu kabi xizmat turining rivojlanishi bozordagi raqobat muhitini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Ta'kidlash joizki, bungacha Xiaomi kompaniyasi ham shunga o'xshash strategiyani Xiaomi 13 turkumidagi smartfonlar uchun amalga oshirgan edi.

Xususan, Xiaomi 13 batareyasi 4500 dan 4850 mAs gacha, Xiaomi 13 Ultra modeliniki esa 5000 dan 5500 mAs gacha oshirilgan edi. Endilikda Vivo ushbu amaliyotni yanada kengroq miqyosda tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish