Samsung AQShda patent mojarosi tufayli taqiq xavfiga duch keldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Samsung AQShda patent mojarosi tufayli taqiq xavfiga duch keldi

AQShning Ioengine kompaniyasi Samsung Electronics korporatsiyasiga qarshi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Da’vogar tomon janubiy koreyalik texnologiya gigantini ma’lumotlar almashinuvi hamda qurilmalarning o‘zaro ulanishi bilan bog‘liq beshta patentni tegishli ruxsatsiz tijorat maqsadlarida foydalanganlikda ayblamoqda. Ixbt.com manbasiga tayanib ma’lum qilinishicha, mazkur huquqiy nizo Samsung kompaniyasining AQSh hududidagi faoliyatiga hamda sotuv ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Hozirgi vaqtda sud jarayonining markazida Samsung kompaniyasining eng ommabop mahsulotlari, xususan, flagman smartfonlar va qattiq disklar turibdi. Agar sud Ioengine foydasiga qaror qabul qiladigan bo‘lsa, bu texnologiya giganti uchun jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi va ayrim turdagi mahsulotlarning savdosini cheklash masalasini kun tartibiga qo‘yishi ehtimoldan xoli emas.

Ayni damda tomonlar o‘rtasidagi nizo yuzasidan rasmiy surishtiruv ishlari davom etmoqda va texnologiya bozori kuzatuvchilari ushbu qarama-qarshilikning yakuniy natijasini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish