Rossiyaning Irtish protsessori The Witcher 3 o'yinida sinovdan o'tkazildi

0
Rossiyaning Irtish protsessori The Witcher 3 o'yinida sinovdan o'tkazildiRossiyada 32 yadroli protsessorda «The Witcher 3» o'yini sinovdan o'tkazildi Moskva shahrida tashkil etilgan ExpoElectronica 2026 ko'rgazmasi doirasida Rossiyaning 32 yadroli «Irtish C632» protsessori imkoniyatlari ommaga taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xitoyning LoongArch arxitekturasiga tayanib yaratilgan ushbu qurilmada mashhur «The Witcher 3» o'yini muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.

Texnik sinovlar davomida tizim AMD Radeon RX 9060 XT videokartasi hamda Linux operatsion tizimi asosida faoliyat ko'rsatdi. Protsessor x86 standartiga ega bo'lmagani sababli, o'yin Steam platformasi va binar translatsiya texnologiyasi yordamida yurgizildi.

Olingan natijalarga ko'ra, o'yin Ultra sozlamalarda soniyasiga 22–32 kadr (FPS), past sozlamalarda esa 25–38 FPS tezlikni qayd etdi. Mutaxassislar kadrlar chastotasi pastligini videokarta quvvati bilan emas, balki kodlarni tarjima qilish jarayonidagi texnik cheklovlar bilan izohlamoqda.

«Irtish» turkumidan, shuningdek, 64 yadroli C664 modeli ham o'rin olgan. Mazkur protsessorlar keng omma uchun mo'ljallanmagan bo'lib, ular asosan tijorat va korporativ segment ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Shu sababli yangi qurilmalarning chakana savdoga chiqarilishi rejalashtirilmagan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari