Honor 600e smartfoni Geekbench platformasida sinovdan o'tkazildi
Honor kompaniyasi o'zining hamyonbop segmentga mansub yangi Honor 600e modelini rasmiy taqdimot oldidan Geekbench ma'lumotlar bazasida sinovdan o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qurilma HNLNA-NX1 va LNA-NX3 indekslari ostida ro'yxatdan o'tgan bo'lib, uning asosiy texnik ko'rsatkichlari ochiqlandi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.
Smartfon 6 nanometrli texnologik jarayonga asoslangan Dimensity 7100 protsessori bilan ta'minlangan. Sakkiz yadroli ushbu mikrosxema 2,4 GGs chastotada ishlovchi to'rtta Cortex-A78 hamda 2,0 GGs chastotali to'rtta Cortex-A55 yadrolarini o'zida jamlagan.
O'tkazilgan testlar natijasiga ko'ra, yangi model bir yadroli rejimda 985 ball, ko'p yadroli sinovda esa 2 983 ball qayd etdi. Texnik xususiyatlariga ko'ra, Honor 600e qurilmasi 8 GB operativ xotiraga ega va Android 16 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko'rsatadi.
Smartfon displeyi 1200 x 2600 pikselli FHD+ aniqlikni qo'llab-quvvatlaydi, piksel zichligi esa 520 DPI ga teng. Ekran ingichka ramkalar bilan o'ralgan bo'lib, yuqori qismida kamera uchun mo'ljallangan kichik o'yiq mavjud.
Qurilmaning o'ng yon tomonida ovozni sozlash hamda quvvat tugmalari joylashtirilgan. Hozircha smartfonning bozorga chiqish sanasi ma'lum qilinmadi.