Mercedes-AMG GT Black Series yangi standartlarni belgilab beradi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Mercedes-AMG GT Black Series yangi standartlarni belgilab beradi

Mercedes-Benz kompaniyasi bosh direktori Ola Källenius bo‘lajak Mercedes-AMG GT Black Series modeli haqida muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rahbarning ta’kidlashicha, yangi avtomobil o‘zining texnik imkoniyatlari va dinamik ko‘rsatkichlari bilan avtomobilsozlik sanoatida yangi standartlarni o‘rnatishga qodir. Källenius mazkur sportkar o‘ta shiddatli xarakterga ega bo‘lishini va hatto eng talabchan haydovchilarni ham hayratda qoldirishini alohida qayd etdi.

U kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu loyiha muxlislar kutganidan ham ziyoda natijalarni namoyish etishiga shaxsan kafolat berdi. Hozirgi vaqtda muhandislar jamoasi modelning aerodinamik va mexanik xususiyatlarini mukammallashtirish ustida jadal ish olib bormoqda.

Mutaxassislarning fikricha, avtomobil boshqaruv qulayligi hamda quvvat samaradorligi bo‘yicha o‘z sinfida yetakchi bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur modelning rasmiy taqdimoti kelgusi yilga mo‘ljallangan bo‘lib, keng ommaga sotuvga chiqarish jarayoni 2028-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Kompaniya rahbariyati ushbu sportkar brend tarixidagi eng esda qolarli va muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylanishiga ishonch bildirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish