
Qo‘shma Shtatlarda yaqin kunlarda o‘lim jazosini ijro etish bilan bog‘liq noodatiy holat kuzatilishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Rasmiy rejaga ko‘ra, bir sutka ichida uch nafar mahbusga nisbatan oliy jazo chorasi qo‘llanishi kutilmoqda. Agar ushbu jarayon amalga oshsa, bu mamlakat tarixida so‘nggi o‘n olti yil ichidagi ilk shunday holat sifatida qayd etiladi.
Mazkur ijro jarayonlari Tennessi, Alabama va Oklaxoma shtatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, mazkur shaxslarning barchasi qotillik jinoyatida aybdor deb topilib, sud tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Mazkur voqea AQSH jamiyatida o‘lim jazosining huquqiy va axloqiy jihatlari borasidagi bahs-munozaralarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi. Hozirda inson huquqlari himoyachilari va davlat idoralari o‘rtasidagi muhokamalar davom etmoqda, biroq rasmiy manbalar ijro jarayonlari belgilangan muddatda o‘tishini ma’lum qilmoqda.
Bu voqealar tizimning samaradorligi va adolatliligi yuzasidan jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.






Izohlar
0