
Tesla kompaniyasi o'tgan chorak yakunlari bo'yicha yarim millionga yaqin avtomobilni mijozlarga yetkazib berdi va daromadining asosiy qismini, aniqrog'i 70 foizini aynan avtomobil savdosidan qo'lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Shunga qaramay, kompaniya bosh direktori Ilon Mask biznes strategiyasini tubdan o'zgartirish niyatida. U Tesla brendini an'anaviy avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona sifatida emas, balki sun'iy intellekt va ilg'or robototexnika sohasida yetakchi texnologik markaz sifatida namoyon etishga intilmoqda.
TechCrunch nashri hamda Hudson Labs moliyaviy tadqiqot firmasi tomonidan o'tkazilgan qo'shma tahlillar shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillarda kompaniyaning ommaviy axborot vositalari va rasmiy hisobotlardagi nutq strategiyasi sezilarli darajada o'zgargan. Maskning bu qarori Tesla kelajagini avtomobil sanoatidan tashqarida, ya'ni avtomatlashtirilgan tizimlar va aqlli texnologiyalar ekotizimida ko'rayotganidan dalolat beradi.
Garchi moliyaviy ko'rsatkichlar hali ham avtomobil ishlab chiqarishga bog'liq bo'lsa-da, kompaniya rahbariyati e'tiborni yangi texnologik yo'nalishlarga qaratishni ustuvor vazifa deb bilmoqda.






Izohlar
0