Firibgarlar pul o'tkazmalari orqali o'g'rilikning yangi usulidan foydalanmoqda

0
Firibgarlar pul o'tkazmalari orqali o'g'rilikning yangi usulidan foydalanmoqdaRossiyada bank kartalari orqali amalga oshiriladigan firibgarlikning yangi turi ommalashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, jinoyatchilar jabrlanuvchining hisobiga ma'lum miqdorda mablag' o'tkazib, so'ngra messenjerlar orqali aloqaga chiqishadi. Ular pul o'tkazmasida adashganliklarini vaj qilib, mablag'ni boshqa rekvizitlarga qaytarib berishni so'rashadi.

Ekspert Galaktion Kuchavaning ta'kidlashicha, bunday pullar odatda uchinchi shaxslardan o'g'irlangan bo'ladi. Agar fuqaro mablag'ni ko'rsatilgan hisob raqamiga mustaqil o'tkazib bersa, u bilmagan holda jinoiy zanjirning ishtirokchisiga aylanadi.

Natijada foydalanuvchi ma'lumotlari shubhali operatsiyalar bazasiga kiritiladi. Bunday vaziyatda banklar mijozning barcha hisob raqamlari va kartalarini bloklash huquqiga ega bo'ladi.

Bloklangan mablag'lardan qayta foydalanish uchun fuqaro bank bo'limiga shaxsan murojaat qilishi shart. Bu jarayon ortiqcha huquqiy muammolar va vaqt yo'qotilishiga sabab bo'ladi.

Mutaxassislar xavfsizlikni ta'minlash maqsadida shubhali pul o'tkazmalarini o'zboshimchalik bilan qaytarmaslikni tavsiya qiladi. Eng maqbul yechim — darhol bankning rasmiy aloqa markaziga qo'ng'iroq qilish va mablag'ni o'rnatilgan tartibda qaytarishdir.

Ushbu harakat fuqaroni firibgarlik sxemalariga aralashib qolishdan himoya qiladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari