Ertalab tetik uygʻonish uchun sogʻlom uyqu rejimi qoidalari

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Ertalab tetik uygʻonish uchun sogʻlom uyqu rejimi qoidalari

Ertalabki tetiklik va yuqori ishchanlik holati faqat uyg‘otkich qo‘ng‘irog‘iga bog‘liq emas, balki oldingi tun qanday o‘tganiga bevosita aloqador. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sog‘lom uyqu rejimini shakllantirishda eng muhim qoida – har kuni deyarli bir vaqtda uxlash va uyg‘onish odatini saqlab qolishdir. Bu organizmning biologik soatini tartibga solib, kundalik faoliyat samaradorligini oshiradi.

Odatda, kattalar organizmi to‘laqonli tiklanishi uchun kamida yetti soatlik sifatli uyquga muhtoj. Shuni yodda tutish kerakki, uyquga yotish uchun barcha uchun birdek mos keladigan ideal vaqt mavjud emas.

Har bir insonning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib, u o‘z organizmiga mos keladigan vaqtni belgilashi lozim. Asosiysi, tanlangan tartibga muntazam ravishda amal qilish va organizmning tabiiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda to‘g‘ri dam olishni ta’minlashdir.

Tizimli yondashuv uzoq muddatli sog‘liq va kun davomidagi barqaror kayfiyat garovidir.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish