Boeing dvigatel yetishmovchiligi sababli samolyotlar yetkazib berishni kechiktirmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Boeing dvigatel yetishmovchiligi sababli samolyotlar yetkazib berishni kechiktirmoqdaBoeing rahbari Kelli Ortberg 787 Dreamliner uzoq magistralli samolyotlarini yetkazib berish muddati yana kechikishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya rahbari tayyor holatdagi laynerlarning bir qismini buyurtmachilarga topshirish imkoniyati hozircha mavjud emasligini bildirdi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatga tashqi ta'minotchilar bilan bog'liq qiyinchiliklar asosiy sabab sifatida ko'rsatilgan. Xususan, dvigatellar yetishmovchiligi hamda birinchi va biznes klass salonlari uchun mo'ljallangan o'rindiqlarni sertifikatlash jarayoni cho'zilib ketayotgani jarayonga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Endilikda ishlab chiqarish sur'ati emas, balki butlovchi qismlarning o'z vaqtida yetkazib berilishi asosiy omilga aylandi. Dreamliner dasturi doirasida aviakompaniyalar GE va Rolls-Royce dvigatellaridan birini tanlash imkoniga ega bo'lsa-da, har ikki ishlab chiqaruvchi logistik zanjirdagi cheklovlar tufayli buyurtmalarni bajarishga ulgurmayapti.

Joriy yilning birinchi choragida Boeing 15 ta laynerni o'z egalariga topshirishga muvaffaq bo'ldi. Biroq ko'plab samolyotlar konveyerdan chiqqan bo'lishiga qaramay, zaruriy qismlar yetishmasligi sababli omborlarda qolmoqda.

Mavjud muammolarga qaramasdan, 787 modeliga bo'lgan qiziqish yuqori darajada saqlanib qolmoqda va jami buyurtmalar soni 1 100 tadan oshgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish