Abduqodir Husanovning oilasida og‘ir judolik yuz berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Abduqodir Husanovning oilasida og‘ir judolik yuz berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning Manchester City klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning oilasida og‘ir judolik yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Futbolchining bobosi Husan Hoshimovich vafot etdi. Ushbu qayg‘uli xabar haqida Bunyodkor futbol klubi o‘zining rasmiy axborot manbalari orqali ma’lum qildi.

Marhum Husan Hoshimovich o‘zbek futboli rivojiga katta hissa qo‘shgan sulola vakili hisoblanadi. U Bunyodkor U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Hoshimovlar oilasi o‘zbek futboli tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bir necha avlod davomida sport sohasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, marhumning farzandi Hikmat Hoshimov ham o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali futbolchilardan biri bo‘lgan.

Klub jamoasi va futbol jamoatchiligi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Husan Hoshimovichning xotirasi uni tanigan barcha insonlar va futbol muxlislari qalbida munosib saqlanib qoladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish