O'zbekistonda mart oyida 168 mlrd so'm keshbek to'landi

Nilufar Rashidova1 daqiqalik o'qish

O'zbekistonda mart oyida 168 mlrd so'm keshbek to'landiO'zbekistonda mart oyida 168 mlrd so'mdan ortiq keshbek to'lab berildi

Soliq qo'mitasi 2026 yil mart oyi yakunlari bo'yicha iste'molchilarga qaytarilgan keshbek miqdorini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bir oy davomida 216,8 mln dona chek asosida jami 168 mlrd so'mdan ziyod mablag' qaytarilgan. Yilning birinchi choragi davomida esa jami 611,7 mln chek rasmiylashtirilib, foydalanuvchilarga jami 447,3 mlrd so'm mablag' to'langan.

Faqatgina mart oyida tizimdan foydalanganlar soni 6,1 mln kishidan oshgan. Hududlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, poytaxtlik iste'molchilarga 49,7 mlrd so'm keshbek berildi.

Shuningdek, Farg'ona viloyatida 22,9 mlrd so'm, Andijonda 20,2 mlrd so'm va Toshkent viloyatida 17,1 mlrd so'm mablag' to'langan. Samarqand viloyati aholisiga 9,3 mlrd so'm, Xorazmga 8,9 mlrd so'm, Qoraqalpog'iston Respublikasiga esa 8,5 mlrd so'm keshbek qaytarilgan.

Boshqa hududlarda ham keshbek to'lovlari amalga oshirildi. Xususan, Namanganda 6,9 mlrd so'm, Qashqadaryoda 6 mlrd so'm va Buxoroda 5,5 mlrd so'm mablag' qaytarildi.

Surxondaryo viloyatida 4,3 mlrd so'm, Navoiyda 3,5 mlrd so'm, Jizzaxda 2,4 mlrd so'm va Sirdaryoda 2,2 mlrd so'm miqdorida to'lovlar amalga oshirilgani aniqlandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish