O'zbekistonda uy-joy savdosi mart oyida 47 foizga oshdi

0
O'zbekistonda uy-joy savdosi mart oyida 47 foizga oshdiO'zbekiston ko'chmas mulk bozorida bitimlar soni 2 baravarga ko'paydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2026 yil mart oyi yakunlari bo'yicha ko'chmas mulk bozori taxlilini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hisobot davrida mamlakat miqyosida uy-joy oldi-sotdisi bo'yicha 43,6 mingta shartnoma rasmiylashtirildi. Ushbu ko'rsatkich fevral oyiga nisbatan 47 foizga, 2025 yilning mart oyiga qaraganda esa ikki baravardan ko'proqqa oshgan.

Mutaxassislar savdo hajmining bunday keskin o'sishini aprel oyidan boshlab joriy etilgan eskrou-hisobvaraqlar tizimi bilan bog'lamoqda. Yangi tartib kuchga kirguniga qadar bozor ishtirokchilari amaldagi mexanizmlar asosida bitimlarni yakunlashga intilgan.

Hududiy ko'rsatkichlar bo'yicha eng yuqori dinamika Jizzax (73,2 foiz), Sirdaryo (64,6 foiz) va Namangan (63 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Toshkent shahrida bitimlar soni 44 foizga ko'payib, 12,8 mingtaga yetdi.

Ikkilamchi bozorda narxlar o'sishda davom etmoqda. Respublika bo'yicha uy-joy narxi bir oyda 0,4 foizga, yillik nisbatda esa 10 foizga qimmatlashdi.

Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida narxlar mos ravishda 22 va 18,7 foizga oshib, eng yuqori o'sishni qayd etdi. Poytaxtning ikkilamchi bozorida yillik narxlar 5 foizga ko'tarildi.

Mirobod, Mirzo Ulug'bek va Chilonzor tumanlari eng qimmat hududlar bo'lib qolmoqda. Ijara segmentida ham narxlar yuqorilashi kuzatildi.

Toshkent shahrida ijara stavkasi bir oyda 2,7 foizga oshib, 1 m² uchun o'rtacha 8,9 dollarni tashkil qildi. Markaziy tumanlarda ushbu ko'rsatkich 11 dollargacha yetgan.

Yangi qurilgan uylar segmentida esa o'tgan yilga nisbatan 8,8 foizlik qimmatlashish aniqlandi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Iqtisodiyot yangiliklari