Meta sun'iy intellekt xarajatlari sabab 8 ming xodimni bo'shatadi

0
Meta sun'iy intellekt xarajatlari sabab 8 ming xodimni bo'shatadiMeta sun'iy intellekt xarajatlari sababli 8 ming xodimini ishdan bo'shatadi AQShning Meta texnologik korporatsiyasi shtat birliklarini qisqartirish bo'yicha navbatdagi bosqichni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Facebook, Instagram va WhatsApp platformalari egasi hisoblangan kompaniya jami xodimlarining taxminan 10 foizini yoki 8 ming kishini ishdan bo'shatishni rejalashtirmoqda. Bbc.com nashrining yozishicha, rahbariyat xodimlarni kutilayotgan o'zgarishlar haqida rasman ogohlantirgan.

Shuningdek, avvalroq e'lon qilingan bir necha mingta yangi ish o'rinlari uchun vakansiyalar ham bekor qilindi. Strukturaviy o'zgarishlarga sun'iy intellekt yo'nalishiga yo'naltirilayotgan yirik investitsiyalar asosiy sabab qilib ko'rsatilgan.

Meta joriy yilning o'zida ushbu texnologiyani rivojlantirish uchun 135 mlrd dollar sarflashni maqsad qilgan. Kompaniya asoschisi Sukerbergning tushuntirishicha, sun'iy intellekt ish unumdorligini sezilarli darajada oshirgan.

Endilikda ilgari butun bir jamoa tomonidan bajarilgan loyihalarni bir nafar mutaxassis amalga oshirishi imkoniyati paydo bo'ldi. Sukerberg 2026 yilga kelib sun'iy intellekt ish jarayonlarini butunlay yangi bosqichga olib chiqishini taxmin qilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Meta 2022 yildan buyon o'n minglab mutaxassislar bilan xayrlashgan. Bunday tendensiya boshqa texnologik gigantlarda ham kuzatilmoqda.

Masalan, Amazon 30 mingdan ortiq, Oracle esa 10 mingdan ziyod xodimini qisqartirdi. Microsoft kompaniyasi esa ko'p yillik tajribaga ega xodimlarga kompensatsiya to'lovlari evaziga o'z xohishi bilan ishdan ketish variantini taklif etgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari