
AQSH Prezidenti Donald Tramp 29 sentyabr sanasida federal darajadagi rasmiy hujjatlarda sun’iy intellekt hamda AI atamalarini qo‘llashni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oq uy tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotga tayanib xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, endilikda davlat idoralarida mazkur tushunchalar o‘rniga super intellekt va SI atamalari foydalanilishi belgilab qo‘yildi. Ushbu o‘zgarish AQSH ijro hokimiyati tarkibiga kiruvchi barcha vazirliklar, departamentlar hamda idoralar uchun majburiy tus oldi.
Endilikda barcha rasmiy yozishmalar, hisobotlar va jamoatchilikka taqdim etiladigan bayonotlarda yangi terminologiyaga amal qilish talab etiladi. Mazkur tashabbus texnologik taraqqiyotni tavsiflashda yangi yondashuvni joriy etishga qaratilgan bo‘lib, davlat boshqaruv tizimidagi terminologik bazani zamonaviy talablar asosida yangilashni ko‘zda tutadi.
Hujjat ijrosi bo‘yicha tegishli idoralarga aniq ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib, bu jarayon mamlakatning texnologik strategiyasidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.






Izohlar
0