
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH rahbari Donald Tramp bilan muloqot chog‘ida Eron islom respublikasiga nisbatan harbiy bosimni kuchaytirish va amaliy harakatlarni qayta tiklash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Xalqaro ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mazkur jarayon ortidan Vashingtonda muhim diplomatik va xavfsizlikka oid muzokaralar boshlangan. Ushbu diplomatik sa’y-harakatlar doirasida Isroil tashqi razvedka xizmati Mossad rahbari Roman Gofman ayni damda Vashington shahrida bo‘lib turibdi.
Rasmiy vakil AQSH ma’muriyatining yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, Eronning yadroviy dasturi hamda strategik vaziyat yuzasidan fikr almashishmoqda.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Isroil tomoni Eronning mintaqadagi ta’sirini cheklash maqsadida Vashingtondan qat’iy va aniq qadamlar kutmoqda. Hozircha tomonlar mazkur tashrif va uning kelgusi oqibatlari haqida rasmiy bayonot berishdan tiyilishgan bo‘lsa-da, Vashingtondagi muzokaralar xalqaro hamjamiyat diqqat markazida qolmoqda.






Izohlar
0