Sadir Japarov millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinishlardan ogohlantirdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Sadir Japarov millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinishlardan ogohlantirdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda kelgusi yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlari arafasida jiddiy bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbari siyosiy jarayonlarga putur yetkazish hamda qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasida sun’iy nizo uyg‘otishga qaratilgan provokatsion urinishlar xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. Prezidentning fikricha, ayrim kuchlar mamlakatdagi barqarorlikni izdan chiqarish va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni murakkablashtirish uchun millatlararo kelishmovchiliklardan foydalanishga urinishi mumkin.

Sadir Japarov ikki qardosh xalq vakillarini hushyorlikka chaqirib, har qanday tasdiqlanmagan yoki shubhali xabarlarga ko‘r-ko‘rona ishonmaslik zarurligini ta’kidladi. Davlat rahbari fuqarolarni tinchlik va totuvlikni asrashga, provokatsiyalarga berilmaslikka hamda jamiyatdagi barqarorlikka raxna soladigan harakatlarga qarshi birgalikda kurashishga da’vat etdi.

Rasmiy Bishkek mazkur masalada xavfsizlik choralarini kuchaytirish va vaziyatni nazorat ostida ushlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini bildirmoqda. Mamlakat rahbariyati millatlararo ahillikni saqlab qolish davlat xavfsizligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish