Turkiyada shifokorlar adashib bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Turkiyada shifokorlar adashib bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Istanbul shahridagi Okan universiteti shifoxonasida tibbiy xatolik bilan bog‘liq noxush holat yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Turkiyaning Aksham va boshqa nufuzli nashrlari xabar berishicha, shifokorlar bemorning kasallangan o‘ng qulog‘i o‘rniga adashib, sog‘lom bo‘lgan chap qulog‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Kojaeli viloyatining Gebze tumanida istiqomat qiluvchi Murat Tarakchi ismli fuqaro o‘ng qulog‘idagi o‘rta quloq qismida suyuqlik to‘planishi bilan bog‘liq muammolar sababli Istanbulning Tuzla tumanida joylashgan mazkur tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.

Tibbiy ko‘riklar va tahlillardan so‘ng bemorga jarrohlik amaliyoti zarurligi aytilgan. Biroq operatsiya jarayonida shifokorlar xatolikka yo‘l qo‘yib, sog‘lom quloqni operatsiya qilishgan.

Ushbu voqea sog‘liqni saqlash tizimidagi mas’uliyatsizlik va bemorlar xavfsizligini ta’minlashdagi kamchiliklar yuzasidan jamoatchilikda jiddiy e’tirozlarni keltirib chiqardi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tekshiruvlar boshlangan bo‘lib, shifoxona ma’muriyati va amaliyotni o‘tkazgan mutaxassislar javobgarligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Jabrlanuvchi Murat Tarakchi esa yuz bergan xatolikdan so‘ng huquqiy choralar ko‘rilishini talab qilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish