Valeriy Karpin Arsen Zaxaryanning terma jamoadagi holatiga izoh berdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Valeriy Karpin Arsen Zaxaryanning terma jamoadagi holatiga izoh berdi


Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Real Sosedad" yarim himoyachisi Arsen Zaxaryanning noyabr oyidagi yig'inlarga jalb etilishi ehtimoli yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Rossiya 24" telekanali efirida bergan intervyusida mutaxassis futbolchining jismoniy holatiga to'xtalib o'tdi. Karpinning so'zlariga ko'ra, Zaxaryanni terma jamoa safiga chaqirish imkoniyati yuqori edi, biroq futbolchi yana to'pig'idan jarohat olgan.

Hozirda murabbiylar shtabi ham Zaxaryan, ham boshqa futbolchilarning sog'lig'i borasidagi tibbiy xulosalarni kutmoqda. Ma'lumot uchun, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan.

Valeriy Karpin shogirdlari O'zbekiston va Venesuela terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi. Eslatib o'tamiz, 2022-yilning fevral oyidan buyon Rossiya terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) shafeligidagi rasmiy xalqaro turnirlardan chetlatilgan.

Shu sababli jamoa faqat o'rtoqlik o'yinlari bilan cheklanib qolmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish