Buxorolik bo‘yi ikki metrdan oshiq o‘smir mutaxassislar e’tiborini tortdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Buxorolik bo‘yi ikki metrdan oshiq o‘smir mutaxassislar e’tiborini tortdi

O‘zbekiston sport olamida kamdan-kam kuzatiladigan holat qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi 14 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zining g‘ayritabiiy jismoniy ko‘rsatkichlari bilan mutaxassislarning e’tiborini tortdi. O‘smirning bo‘yi hozirgi vaqtda 2 metr-u 18 santimetrni tashkil etadi.

Bu noyob antropometrik ma’lumotlar sport jamoatchiligi hamda soha vakillari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ham befarq qolmadi.

Xususan, Otabek Umarov yosh o‘quvchi bilan shaxsan uchrashib, uning jismoniy imkoniyatlarini yaqindan o‘rgandi. Mutasaddilar mazkur o‘smirning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda uni professional sportga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berishdi.

Hozirgi kunda sport sohasi vakillari uning kelajakdagi rivojlanish jarayonini nazoratga olish va zarur sharoitlarni yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqdalar. Ushbu noyob jismoniy xususiyatga ega bo‘lgan yosh iste’dodning kelgusida qaysi sport turida o‘zini namoyon etishi sport mutaxassislari uchun asosiy savol bo‘lib qolmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish