Qoraolxo‘ri qoqisining salomatlik uchun foydali xususiyatlari haqida mutaxassislar fikri

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Qoraolxo‘ri qoqisining salomatlik uchun foydali xususiyatlari haqida mutaxassislar fikri

Ko‘pchilik qoraolxo‘ri qoqisini, ya’ni chernoslivni faqat hazm qilish jarayonini yengillashtiruvchi oddiy quruq meva sifatida qabul qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq xalqaro miqyosdagi olimlar va tajribali parhezshunoslar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu qora ne’matning inson salomatligi uchun naqadar muhim ekanligini tasdiqladi. Mutaxassislar qoraolxo‘ri qoqisini tanani hujayra darajasida himoya qilish xususiyatiga ega bo‘lgan haqiqiy superfud deb atashmoqda.

Ilmiy xulosalarga ko‘ra, mazkur mahsulot tarkibidagi foydali moddalar organizmdagi turli yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish va immunitetni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kundalik ratsionga bor-yo‘g‘i ikki dona qoraolxo‘ri qoqisini kiritish orqali organizmda bir qator ijobiy o‘zgarishlarni kuzatish va salomatlikni barqaror saqlash imkoniyati mavjud.

Ushbu quruq meva nafaqat hazm tizimi, balki yurak-qon tomir hamda suyaklar salomatligini qo‘llab-quvvatlashda ham samarali vosita hisoblanadi. Shu sababli, mutaxassislar ushbu mahsulotni kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar ro‘yxatiga kiritishni tavsiya etishadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish