
Stiven Jerrard "Bernli" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin "Liverpul" klubining sobiq futbolchisi va ayni paytda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Stiven Jerrard "Bernli" jamoasini boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Burnley Express nashri jurnalistlari xabar tarqatdi. Ma'lum qilinishicha, "Bernli" Angliya premyer ligasidagi o'rnini muddatidan avval yo'qotgan va kelasi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.
Shu sababli rahbariyat jamoani kuchli divizionga qaytara oladigan yangi mutaxassis qidirmoqda. Stiven Jerrard hozirda ishsiz hisoblanadi.
Uning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubi bo'lib, mutaxassis ushbu jamoani o'tgan yilning yanvar oyida tark etgan edi. Bungacha angliyalik murabbiy Shotlandiyaning "Reynjers" hamda Birmingemning "Aston Villa" klublarida faoliyat yuritgan.
Ma'lumot uchun, Angliya premyer ligasi yakunlanishiga to'rt tur qolganida "Bernli" 20 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalaridan birini egallab turibdi. Jamoaning quyi divizionga tushib ketishi aniq bo'lgach, klubda murabbiy almashinuvi masalasi kun tartibiga chiqdi.