Osiyo terma jamoalarining jahon chempionatidagi ilk og‘ir qadamlari

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Osiyo terma jamoalarining jahon chempionatidagi ilk og‘ir qadamlariOsiyo qit’asi vakillarining futbol bo‘yicha Jahon chempionatlaridagi dastlabki qadamlari ko‘pincha qiyinchiliklar bilan kechgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur nufuzli turnirda ilk bor ishtirok etgan 12 ta Osiyo terma jamoasidan 8 tasi guruh bosqichini birorta ham ochko jamg‘ara olmay yakunlashga majbur bo‘lgan. Tarixiy faktlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Janubiy Koreya 1954 yildagi o‘zining ilk mundialida qatnashib, ikkita o‘yinda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan va o‘z darvozasidan jami 16 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Xuddi shunday murakkab vaziyatga Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Xitoy hamda Qatar terma jamoalari ham duch kelishgan. Ushbu jamoalar uchun mundialning ilk tajribasi natijalar nuqtai nazaridan ancha og‘ir kechgan bo‘lsa-da, bu ishtirok ularning keyingi rivojlanishida muhim poydevor vazifasini o‘tagan.

Osiyo futboli uchun dastlabki yillar o‘rganish va moslashish davri bo‘lgani kuzatiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish