
Italiyaning "Milan" klubi yozgi transfer oynasida o'z safiga yangi o'yinchilarni qo'shib olish bo'yicha faol ish olib bormoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
"Rossonerilar"ning asosiy maqsadlari qatorida "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska hamda "Atletiko" hujumchisi Aleksandr Sorlot borligi ma'lum bo'ldi. "La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishiga ko'ra, A Seriya grandi 31 yoshli germaniyalik va 30 yoshli norvegiyalik futbolchilarning transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagan.
Goretska Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetayotgani sababli jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda. "Bavariya" rahbariyati futbolchi bilan kelashuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Madridning "Atletiko" klubi a'zosi Aleksandr Sorlotning vaziyati esa biroz murakkabroq. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
"Transfermarkt" portali hujumchining bozor qiymatini 20 mln yevro deb baholamoqda. Ma'lumot o'rnida, "Bavariya" va "Atletiko" joriy mavsumda Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib bordi.
Myunxenliklar final yo'lida PSJ bilan, madridliklar esa Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Milan" rahbariyati ushbu tajribali futbolchilarning kelishi jamoaning kelgusi mavsumdagi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishiga ishonmoqda.