
Angliyaning Liverpul futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning Bashakshehir klubi sharafini himoya qilayotgan iqtidorli yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayevning o‘yinlarini yaqindan kuzatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi nufuzli Liverpool Hub sahifasi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi skautlari o‘zbekistonlik futbolchining mahoratini yuqori baholagan holda, uning o‘yin uslubi va maydondagi harakatlarini tahlil qilishga kirishgan.
Hozirgi vaqtda transfer bozoridagi mazkur qiziqish futbol jamoatchiligi o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Liverpul vakillari Abbosbek Fayzullayevni xalqaro darajadagi musobaqalarda muntazam ravishda kuzatib borishni rejalashtirgan.
Klub skautlari futbolchining individual ko‘rsatkichlari, taktik saviyasi hamda jamoaviy o‘yinlardagi samaradorligini alohida nazoratga olishgan. Garchi transfer borasida hali rasmiy takliflar kelib tushmagan bo‘lsa-da, Premier Liga vakilining bunday nufuzli kuzatuvi o‘zbekistonlik iqtidor egasi uchun faoliyatidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar ushbu holatni yosh futbolchining xalqaro maydondagi salohiyati e’tirof etilayotganining yorqin namunasi sifatida baholamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0