Kolivanov «Manchester Yunayted» taklifini nima sababdan rad etganini aytdi

0
Kolivanov «Manchester Yunayted» taklifini nima sababdan rad etganini aytdi
«Spartak», «Dinamo» hamda Italiyaning «Bolonya» klublari sobiq hujumchisi Igor Kolivanov o'z vaqtida ser Aleks Fergyusondan tushgan taklifga nima uchun rad javobini berganiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» afsonaviy murabbiyi shaxsan o'zi unga hamkorlik taklif qilgan. «O'yinlardan biridan so'ng Fergyuson meni «Manchester Yunayted» safida ko'rmoqchi ekanini aytdi.

O'sha paytda men Italiya chempionatini tanlaganman. Balki, Angliya birinchiligi mening uslubimga mos kelmagandir», — deya Kolivanovning so'zlarini keltirmoqda «Match TV» telekanali.

Ma'lumot uchun, Igor Kolivanov professional faoliyatini 1986-yilda Moskvaning «Dinamo» klubida boshlagan va 1990-yilga qadar ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. Shundan so'ng u Italiyaga yo'l olib, 1991–1995-yillarda «Fodja», 1996–2001-yillar oralig'ida esa «Bolonya» jamoalarida to'p surgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Kolivanov murabbiylik bilan shug'ullandi. U Rossiya o'smirlar terma jamoasi, «Ufa», «Torpedo», «Ararat» va «Tekstilshchik» kabi klublarni boshqargan.

Ta'kidlash joizki, Kolivanov o'z davrining eng iqtidorli hujumchilaridan biri hisoblangan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari