
«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta hujumchi Xulian Alvaresning transferi bo‘yicha «Atletiko» bilan olib borilayotgan muzokaralar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, kataloniyaliklar klubi argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy urinishlar qilmoqda. Laportaning ta’kidlashicha, «Barselona» rahbariyati «Atletiko»ga rasmiy taklif yuborgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xulian Alvares hali «Manchester Siti»ga o‘tmasidan avval ham aynan «Barselona»da to‘p surish istagini bildirgan edi. Klub prezidenti bu taklifni o‘z kuchida saqlab qolishga va vaziyat o‘zgarishini kutishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Ayni damda «Atletiko» tomoni hujumchini sotishdan bosh tortmoqda. Madrid klubi vakillari tarkibda Alvaresga munosib o‘rinbosar yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatishgan.
Biroq Laporta madridliklar kelajakda muqobil variant topsa, ularning taklifini qayta ko‘rib chiqishlariga umid bildirdi. Ta’kidlash joizki, Xulian Alvaresning «Atletiko» bilan tuzgan amaldagi shartnomasida tovon puli 500 million yevro etib belgilangan.
Madrid klubi rahbariyati avvalroq futbolchini faqat ushbu belgilangan summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar qanday yakun topishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0