Inter klubi yangi transferlar ro‘yxatini shakllantirishga kirishdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish3

Inter klubi yangi transferlar ro‘yxatini shakllantirishga kirishdi


Milanning Inter klubi yangi sport direktori Dario Bachchin boshchiligida kelgusi transfer oynalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o‘yinchilar ro‘yxatini shakllantirishga kirishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda Quotidiano Sportivo nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qancha nomzodlarni kuzatuv ostiga olgan.

Xususan, darvozabonlar chizig‘i uchun Napoli vakili Aleks Meret hamda Italiya pasportiga ega bo‘lgan River Pleyt posboni Santyago Beltran nomzodlari ko‘rib chiqilmoqda. Beltranning Argentina klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.

Himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun esa APL klublarida to‘p surayotgan futbolchilarga e’tibor qaratilmoqda. Inter skautlari Kristal Pelas himoyachisi Kris Richards hamda kelasi yozda erkin agentga aylanadigan Fulxem vakili Kelvin Bassi o‘yinini diqqat bilan kuzatmoqda.

Yarim himoya va hujum chizig‘i bo‘yicha esa milanliklar Yuventus bilan raqobatlashishi kutilmoqda. Xususan, Fiorentina safida harakat qilayotgan 22 yoshli Sher N'Dur Interning asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi.

Uning transfer qiymati taxminan 30 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, klub Dortmundning Borussiya jamoasi tarbiyalanuvchisi, 18 yoshli Samuele Inasio transferi ustida ham ish olib bormoqda.

Inter ushbu futbolchilar orqali jamoa tarkibini yoshartirish va raqobatbardoshligini oshirishni maqsad qilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish