
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi futbol afsonalarining yutug‘ini takrorlash imkoniyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Angliyalik futbolchi o‘z faoliyati davomida ikki bor Yevropa ligalarining eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etilgan. Agar u joriy mavsumda "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritsa, Messi va Ronaldu qayd etgan tarixiy natijani takrorlaydi.
Hozirgi kunga qadar ushbu nufuzli sovrinni uch marta qo‘lga kiritish faqat yuqoridagi ikki futbolchiga nasib etgan. MARCA nashriga bergan intervyusida Keyn bu borada shunday dedi: "Messi va Ronaldu butun bir avlod davomida jahon futbolida hukmronlik qildi.
Ular tarixning eng buyuk o‘yinchilari qatorida turishadi. Ularning ro‘yxatida bo‘lish – men uchun alohida sharaf.
Bu mening asosiy maqsadlarimdan biri. Hujumchidan har doim gollar kutishadi.
Albatta, "Oltin butsa" yagona maqsad emas, ammo men ushbu sovrinni qo‘lga kiritishim jamoamiz muvaffaqiyatiga ham xizmat qilishini yaxshi tushunaman". Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn yangi mavsumda barcha turnirlar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, futbolchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida to‘xtalar ekan, o‘z faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazganini ta’kidlab o‘tdi.






Izohlar
0