Eron matbuoti O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatni keskin tanqid qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Eron matbuoti O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatni keskin tanqid qildi

Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 3:1 hisobidagi mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu natija Eron sport jamoatchiligi va OAVda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan, Tehron axborot maydonida ushbu mag‘lubiyat keng muhokama qilinmoqda.

Eronning nufuzli futbol nashrlaridan biri sanalgan «Team Melli Actu» portali milliy jamoaning Farg‘onadagi o‘yiniga tanqidiy baho berib, uni «fojiaviy sharmandalik» deya atadi. Nashr tahlilchilari jamoaning maydondagi harakatlarini qoniqarsiz deb topib, bosh murabbiy Amir G‘alenoiy faoliyatiga nisbatan jiddiy e’tirozlar bildirishdi.

Eron futboli uchun kutilmagan bo‘lgan mazkur mag‘lubiyat nafaqat tahliliy maqolalarda, balki mintaqaviy sport nashrlarida ham qizg‘in bahs-munozaralarga turtki bo‘lmoqda. Ayni damda Eron futbol federatsiyasi va murabbiylar shtabi yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan o‘z munosabatini bildirishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish