Dortmundning Borussiya klubi qurol ishlab chiqaruvchi homiyidan voz kechdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

Dortmundning Borussiya klubi qurol ishlab chiqaruvchi homiyidan voz kechdi


Dortmundning «Borussiya» futbol klubi Germaniyaning yirik qurol ishlab chiqaruvchi Rheinmetall kompaniyasi bilan tuzilgan homiylik shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda France 24 agentligi xabar bermoqda. Tomonlar o‘rtasidagi uch yillik hamkorlik kelishuvi 2024-yilda imzolangan edi.

Mazkur bitim futbol jamoasi muxlislari o‘rtasida keskin noroziliklarni keltirib chiqardi. Dortmundlik ishqibozlar va boshqa shaharlardagi klub muxlislari ushbu hamkorlikka qarshi o‘z noroziliklarini namoyish etishdi.

Xususan, stadion atrofida o‘tkazilgan namoyishlar hamda turli bannerlar orqali muxlislar o‘zlarining salbiy munosabatlarini ochiq ifoda etishgan edi. Klub bosh direktori Karsten Kramer rahbariyat muxlislar fikrini inobatga olganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, 2027-yilda shartnoma muddati tugagach, uni uzaytirmaslik bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingan. Kramer ushbu qaror klubning moliyaviy imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatishi va mablag‘lar oqimini qisqartirishini tan olgan bo‘lsa-da, kelgusida muqobil moliyaviy yechimlar izlashini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rheinmetall Germaniyadagi eng yirik mudofaa sanoati korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tanklar, artilleriya qurollari, havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda turli xil o‘q-dorilarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Klubning ushbu qarori sport va qurol-yarog‘ sanoati o‘rtasidagi hamkorlikka nisbatan jamoatchilik bosimi qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor ko‘rsatdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish