Bazel va Barselona o‘yini uchun chiptalar sotuvi to‘xtatildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Bazel va Barselona o‘yini uchun chiptalar sotuvi to‘xtatildi


Shveytsariyaning «Bazel» futbol klubi «Barselona» jamoasiga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuviga chiptalar sotuvini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bunga mazkur o‘yinga bo‘lgan muxlislarning haddan tashqari yuqori qiziqishi sabab bo‘ldi. Bu haqda Barca Universal nashri xabar bermoqda.

Uchrashuv 16-avgust, yakshanba kuni 38 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan «Sankt-Yakob Park» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Chiptalar sotuvi uchun ajratilgan rasmiy platforma serverlarga tushgan o‘ta katta yuklama, ya’ni yuz millionlab so‘rovlar oqimi tufayli ishlamay qoldi.

Klub mutasaddilari kunning ikkinchi yarmida tizim faoliyatini tiklashga harakat qilishdi, biroq ko‘rilgan choralar yetarli bo‘lmadi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, chiptalar savdosi seshanba kuni qayta tiklanishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, «Bazel» bilan bo‘ladigan bahs «Barselona» uchun dastlab rejalashtirilgan, biroq xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sabab bekor qilingan Marokashdagi «Tanjer» klubiga qarshi o‘yinning o‘rnini bosuvchi uchrashuv hisoblanadi. Shuningdek, «Bazel»ga qarshi o‘yinda jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik asosiy tarkib futbolchilarining aksariyatiga tayana olishi kutilmoqda.

Jamoa to‘liq tarkibda mashg‘ulotlarni joriy hafta davomida qayta boshlashi rejalashtirilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish