Barselona Pedrining mashg‘ulotlarda nega qatnashmayotganiga oydinlik kiritdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Barselona Pedrining mashg‘ulotlarda nega qatnashmayotganiga oydinlik kiritdi


"Barselona" futbol klubi yarim himoyachi Pedrining jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotgani bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi o‘tgan hafta chorshanba kuni terma jamoa safidagi boshqa o‘yinchilar qatori klub ixtiyoriga qaytgan edi, biroq u hali ham umumiy guruh bilan shug‘ullanmayapti. Bu holat futbolchining jarohati qaytalanib, yangi mavsum boshlanishini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati ushbu xabarlarni rad etib, vaziyatga aniqlik kiritdi. "Barselona" o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Pedrining suratini joylashtirib, futbolchi mavsumoldi tayyorgarligining dastlabki kunlarida maxsus individual dastur asosida shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.

Klub vakillarining ta’kidlashicha, yarim himoyachining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yo‘q va u belgilangan reja bo‘yicha tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" joriy yilning 16-avgust kuni "Bazel" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Muxlislar Pedrining maydonga qaytishini mazkur bahs doirasida kutib qolishmoqda. Murabbiylar shtabi futbolchining jismoniy holatini tiklashga va uni yangi mavsumga to‘liq tayyorlashga e’tibor qaratmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish