
Fransiya Kassatsiya sudi Pari Sen-Jermen klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimiga nisbatan ilgari surilgan zo‘rlash ayblovi yuzasidan yakuniy qarorini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sud instansiyasi futbolchi tomonining mazkur ayblov bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatish yoki ishni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan kiritgan so‘nggi shikoyat arizasini rad etdi. Ushbu qaror bilan ish hujjatlari O-de-Sen departamenti jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilishi qat’iy belgilandi.
Huquqiy jarayonlar doirasida Kassatsiya sudi 2026 yil 23 sentyabr kuni sportchining shikoyatini ko‘rib chiqish uchun huquqiy asoslar yetarli emas deb topgan edi. Shu tariqa, mazkur shov-shuvli ish bo‘yicha sud muhokamasi navbatdagi bosqichga o‘tdi.
Endilikda Ashraf Hakimi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan O-de-Sen sudi oldida javob berishi kerak bo‘ladi. Mazkur voqea futbol olamida va huquqiy doiralarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.






Izohlar
0