O‘zgidrometning ma’lumotlariga asosan, ertaga, 22 aprel kuni mamlakatning ko‘p hududlarida ob-havo beqaror bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Toshkent shahrida kun qisman bulutli boshlanadi, lekin kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq va shamol tezligining 12–14 m/s gacha oshishi mumkin. Harorat +17…+26 daraja oralig‘ida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol 13–18 m/s gacha yetishi, chang-to‘zon va qisqa yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda yomg‘ir bilan birga momaqaldiroq ham bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa shamol 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chaqmoq yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida asosan quruq ob-havo kuzatiladi, kechqurun faqat ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Tog‘li joylarda kuchli yog‘ingarchilik tufayli sel xavfi mavjud. Aholiga ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0