Oʻzbekiston valyuta bozorida AQSh dollari kursi pasayish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bankir telegram kanali maʼlumotlaratiga dollar kursining 20-21 soʻm atrofida arzonlashi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda valyuta sotish boʻyicha eng yuqori kursni Aloqabank va Universalbank (ikkalasi ham 12 040 soʻm) taklif etmoqda.
Anorbank va Garantbankda esa sotish kursi 12 030 soʻmni tashkil etadi. Dollar sotib olish boʻyicha eng arzon takliflar Xalq Bank va OFB (har ikkisi 12 070 soʻm) tomonidan amalga oshirilmoqda.
Asia Alliance Bankda sotib olish kursi 12 075 soʻm, Davrbankda esa 12 080 soʻmni tashkil etadi. Mutaxassislar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin banklarning ichki kurslarini yangilangan holatda tekshirishni tavsiya qilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.




Izohlar
0