Ozoda Nursaidovaning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq kutilmagan tafsilotlar ochiqlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Ozoda Nursaidovaning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq kutilmagan tafsilotlar ochiqlandiO'zbekiston shou-biznesi vakillarining shaxsiy hayoti bilan bog'liq yangiliklar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e'tibor markazida qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, o'zining turkum intervyulari orqali jamoatchilikka yaxshi tanish bo'lgan boshlovchi Bobur taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaning shaxsiy hayotiga doir kutilmagan ma'lumotni ochiqladi. U o'zining shaxsiy sahifasida xonandaning bo'lajak turmush o'rtog'i bilan tanishganini ma'lum qilib, ushbu mavzu atrofidagi muhokamalarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Boshlovchining ta'kidlashicha, u bo'lajak kuyovni shaxsan ko'rgan, biroq Nilufarhon Nursaidovaning taqiqi sababli hozircha uning shaxsini ochiqlay olmaydi. Shunga qaramay, Bobur bo'lajak kuyov barcha muxlislarga o'z salomini yo'llaganini va kelajakda ilk eksklyuziv intervyusini aynan unga berishga va'da qilganini alohida qayd etib o'tdi.

Ushbu bayonot qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng rezonans keltirib chiqardi. Xonandaning ko'p sonli muxlislari ushbu yangilikni iliq kutib olishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda foydalanuvchilar Ozoda Nursaidovaga shaxsiy baxt tilab, bo'lajak kuyovning kimligi sirligicha qolsa ham, asosiysi san'atkorning baxtli bo'lishi ekanini yozib qoldirishmoqda. Ayni paytda "pochcha" mavzusi virtual olamda eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo'lib turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish