Vera Rubin teleskopi koinotning ilk yuqori sifatli suratini taqdim etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Vera Rubin teleskopi koinotning ilk yuqori sifatli suratini taqdim etdi

Vera Rubin observatoriyasi o‘zining texnik imkoniyatlarini namoyish etuvchi muhim ilmiy yangilikni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dunyodagi eng yirik raqamli kamera hisoblangan LSST Camera yordamida koinotning ilk yuqori sifatli suratlari olindi. Mazkur qurilma yordamida tasvirga tushirilgan keng ko‘lamli hududda 500 mingdan ortiq galaktika va 50 mingdan ziyod yulduzlar aniq va ravshan aks etgan.

Astronomlar ushbu hududni COSMOS deb nomlashgan. Ushbu yutuq nafaqat texnologik taraqqiyot belgisi, balki koinot evolyutsiyasini chuqurroq o‘rganish yo‘lida tashlangan salmoqli qadamdir.

Mutaxassislar ushbu tasvirlar galaktikalarning shakllanishi va koinotning rivojlanish jarayonlarini tahlil qilishda beqiyos manba bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashmoqda. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, mazkur observatoriya kelgusida osmon jismlarini kuzatish va ularning sir-asrorlarini ochishda asosiy ilmiy markazlardan biri sifatida faoliyat yuritadi.

Olingan ilk natijalar kuzatuvlar ko‘lami va sifati bo‘yicha astronomiya fanida yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish