Truecaller aksiyalari IPOdan buyon 78 foizga arzonlashdi

0
Truecaller aksiyalari IPOdan buyon 78 foizga arzonlashdiTruecaller platformasi Hindistondagi o'sish sur'ati pasayishi va texnologik gigantlar raqobati fonida yangi strategiyalarni amalga oshirmoqda Raqamlarni aniqlash xizmatini taqdim etuvchi "Truecaller" platformasi o'zi uchun asosiy hisoblangan bozorlarda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Techcrunch.com nashrining xabar berishicha, 500 mln foydalanuvchiga ega kompaniyaning Hindistondagi ko'rsatkichlari pasaygan. Xususan, 2025-yilda mazkur mamlakatda ilovani yuklab olishlar soni 16 % ga kamaygani qayd etildi.

Kompaniyaning birjadagi holati ham barqaror emas. 2021-yilda o'tkazilgan IPOdan buyon aksiyalar qiymati 78 % ga arzonlashgan.

Bunga Google reklama algoritmlaridagi o'zgarishlar va umumiy reklama tushumlarining kamayishi asosiy sabab sifatida ko'rilmoqda. Hozirda platforma jami daromadining qariyb 70 % qismi aynan reklama segmentiga bog'lanib qolgan.

Mavjud vaziyatda "Truecaller" pullik obuna xizmatlarini rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda. Sun'iy intellektga asoslangan yordamchi va oilaviy himoya funksiyalari shular jumlasidandir.

Shuningdek, korporativ mijozlar uchun mo'ljallangan segmentda 39 % lik o'sish kuzatildi. Kompaniya rahbari Rishit Jhunjhunwala yangi texnologiyalar raqobatni kuchaytirsada, xizmatning dolzarbligini saqlab qolishini ta'kidladi.

Apple va Google o'z operatsion tizimlariga raqam aniqlash funksiyalarini integratsiya qilayotgani uchinchi tomon ilovalari uchun jiddiy xavf tug'dirmoqda. Shunga qaramay, "Truecaller" shaxsiy reklama birjasini ishga tushirish va iOS platformasidagi ulushini kengaytirish orqali bozordagi o'rnini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari