Sovuq havoda bosh kiyimsiz yurishning salomatlikka ta’siri tushuntirildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Sovuq havoda bosh kiyimsiz yurishning salomatlikka ta’siri tushuntirildi

Havo haroratining keskin pasayishi kuzatilganda, ko‘chalarda bosh kiyimsiz yurgan kishilarni ko‘plab uchratish mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, erkaklar o‘rtasida keng tarqalgan bu odat bilan bog‘liq ravishda sovuq havoda yurish soch to‘kilishi va kalla qismi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi, degan qarashlar mavjud. Xalq orasida keng tarqalgan ushbu fikrlar qanchalik ilmiy asosga ega ekanligi ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Tibbiyot mutaxassislari va dermatologlar +1 daraja va undan past bo‘lgan haroratning inson organizmiga, xususan, bosh terisi hamda soch ildizlariga ta’siri bo‘yicha o‘z xulosalarini taqdim etishgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, past harorat ta’sirida qon tomirlarining torayishi yuz beradi.

Bu esa soch follikulalarining yetarli darajada oziqlanmasligiga, natijada esa soch tolasining zaiflashishiga va umumiy salomatlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, sovuq kunlarda bosh kiyim kiyib yurish nafaqat estetik, balki tibbiy jihatdan ham tavsiya etiladi.

Shifokorlar harorat pasaygan pallada salomatlikni asrash maqsadida ushbu qoidaga amal qilishni muhim deb hisoblashadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish