Qabristondagi tushlik holati jamoatchilikda turli muhokamalarni keltirib chiqardi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Qabristondagi tushlik holati jamoatchilikda turli muhokamalarni keltirib chiqardi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda tasvirga olingani ta’kidlanayotgan videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda qabriston hududida bir guruh shaxslar marhumlarning qabri yonida dasturxon yozib, birgalikda ovqatlanayotgani aks etgan. Videotasvirda turli xil taomlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida o‘tirgan kishilarni ko‘rish mumkin.

Mazkur holat jamoatchilikda turli savollarni yuzaga keltirib, bu marhumlarni xotirlash bilan bog‘liq maxsus marosimmi yoki boshqa an’anami, degan taxminlarni o‘rtaga tashlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, videodagi kishilar koreys millatiga mansub fuqarolar ekani aytilmoqda.

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi koreys diasporasi vakillarining an’analariga ko‘ra, qabr ziyorati va marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘ziga xos tartib va qoidalarga ega. Ushbu holat jamiyatda madaniy tafovutlar va diniy yoki milliy urf-odatlarning turlicha talqin qilinishi masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Hozircha voqea sodir bo‘lgan aniq joy va uning tafsilotlari yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish