O'zbekistonning to'qqizta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e'lon qilindi

0
O'zbekistonning to'qqizta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e'lon qilindiO'zbekistonning to'qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e'lon qilindi O'zbekistonda 28 apreldan 4 mayga qadar ob-havo sharoiti og'irlashishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sinoptiklar tahliliga ko'ra, yog'ingarchilik miqdori ortishi natijasida respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tabiiy ofat xavfi ayniqsa Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlarida yuqori darajada ekani qayd etildi.

Kuchli jala yomg'irlari daryolarda suv sathining ko'tarilishiga va mahalliy toshqinlarga sabab bo'lishi ehtimoli mavjud. Xususan, Qashqadaryoning Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G'uzor tumanlari, shuningdek, Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on hamda Muzrobot hududlarida sel oqimlari shakllanishi kutilmoqda.

Samarqand viloyatining Urgut, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot kabi tumanlari hamda Navoiyning Xatirchi, Nurota va Karmana hududlarida ham xavfsizlik choralari talab etiladi. Jizzaxda Zomin va Baxmal, Toshkent viloyatida esa Bo'stonliq, Parkent tumanlari bilan birga Angren va Olmaliq shaharlarida favqulodda vaziyatlar ehtimoli bor.

Vodiy viloyatlarida ham vaziyat jiddiy bo'lishi taxmin qilinmoqda. Namanganning Pop, Chortoq va Yangiqo'rg'on, Farg'onaning So'x, Shohimardon va Beshariq, Andijonning esa Qo'rg'ontepa, Paxtaobod va Xonabod shahri hududlarida suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislar tog'li hududlarda suv oqimlari qisqa vaqt ichida shakllanib, yo'llarda harakatlanish uchun xavf tug'dirishidan ogohlantirmoqda. O'zgidromet aholini, ayniqsa tog'li hududlarda yashovchi va dam oluvchi fuqarolarni hamda haydovchilarni hushyorlikni oshirishga va zarur ehtiyot choralarini ko'rishga chaqirdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari