NVIDIA texnologiyasi tasvir sifati bo'yicha AMD ustidan g'alaba qozondi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

NVIDIA texnologiyasi tasvir sifati bo'yicha AMD ustidan g'alaba qozondiDLSS 4.5 texnologiyasi tasvir sifati bo'yicha FSR 4.1 dan o'zib ketdi

ComputerBase portali o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada NVIDIA kompaniyasining DLSS 4.5 texnologiyasi tasvir sifati bo'yicha AMD taqdim etgan FSR 4.1 yechimidan ustun keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Foydalanuvchilar jami yettita o'yin misolida o'tkazilgan ko'r-ko'rona test sinovlarida ishtirok etishdi. Mazkur tadqiqot natijalari haqida Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

O'tkazilgan test yakunlariga ko'ra, aksariyat o'yinlarda DLSS 4.5 texnologiyasi birinchi o'rinni egalladi. Faqatgina Resident Evil Requiem o'yinida FSR 4.1 algoritmi g'olib deb topildi.

Biroq ovoz berish jarayoni yana bir muhim jihatni ko'rsatdi. Yettita o'yindan beshtasida foydalanuvchilarning ko'pchiligi ikki texnologiya o'rtasida farqni sezmaganini bildirdi yoki ushbu variant DLSS 4.5 ko'rsatkichi bilan tenglashdi.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, geymerlarning katta qismi zamonaviy apskeylerlar o'rtasidagi vizual farqni deyarli ajrata olmaydi. Texnik jihatdan DLSS 4.5 barcha GeForce RTX videokartalarida ishlashi bilan ajralib turadi.

FSR 4.1 texnologiyasi esa hozircha faqat RX 9000 seriyasidagi grafik chiplarda qo'llab-quvvatlanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish