Muvaffaqiyatingizga to‘sqinlik qilayotgan ichki omillarni qanday yengish mumkin

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Muvaffaqiyatingizga to‘sqinlik qilayotgan ichki omillarni qanday yengish mumkinHar bir inson o‘z hayotida baxt va muvaffaqiyatga erishishni maqsad qiladi, biroq kundalik turmush tashvishlari va yechimini kutayotgan muammolar girdobida ko‘pincha asl niyatlar va chinakam istaklar ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Insonlar tashqi omillar, to‘siqlar va qiyinchiliklarni bartaraf etishga shunchalik diqqat qaratadiki, vaqt o‘tishi bilan o‘z salohiyati hamda nimalarga loyiqligini anglash hissini yo‘qotib qo‘yishadi. Aslida esa hayotning eng muhim qoidasi shundaki, har bir shaxs eng yaxshi imkoniyatlar va sifatli turmush tarziga haqlidir.

Afsuski, ko‘p hollarda biz o‘zimizni o‘ta oddiy va kichik maqsadlar bilan cheklab qo‘yamiz. Bunday yondashuv insonning ichki imkoniyatlarini to‘liq ochib berishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘z oldiga ulkan vazifalarni qo‘yish va ularga intilish, o‘z qadr-qimmatini anglagan holda rivojlanish har qanday muvaffaqiyatning poydevori hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va kundalik mayda tashvishlar ortida katta orzularimizni unutmaslik muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish