Kuzatuv kameralarini chalg‘ituvchi yangi texnologiya ishlab chiqildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Kuzatuv kameralarini chalg‘ituvchi yangi texnologiya ishlab chiqildi

AQShda shaxsiy daxlsizlikni himoya qilish va avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimlarining taʼsirini kamaytirishga qaratilgan innovatsion dasturiy yechim taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Bill Swearingen tomonidan ishlab chiqilgan ushbu texnologiya o‘ziga xos kompyuter naqshlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu tasvirlar kiyim-kechak yoki turli obyektlarga tushirilganda, zamonaviy kuzatuv kameralari hamda davlat raqamini aniqlash qurilmalarining inson yoki avtomobilni tanib olish funksiyalarini chalg‘itishga xizmat qiladi.

Mazkur ishlanma sun’iy intellektga asoslangan vizual tahlil tizimlarining kamchiliklaridan samarali foydalanadi. Natijada, yuzni aniqlash yoki harakat traektoriyasini kuzatishga mo‘ljallangan algoritmlar obyektni to‘liq identifikatsiya qila olmaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yechim shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash borasida muhim qadam bo‘lib, raqamli kuzatuv vositalari keng tarqalgan zamonaviy sharoitda fuqarolarga o‘z maxfiyligini saqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda loyihaning texnik imkoniyatlari va uni keng ko‘lamda qo‘llash istiqbollari tahlil qilinmoqda.

Ushbu texnologiya jamoat joylarida kuzatuv tizimlarining inson erkinliklariga ta’sirini cheklash borasidagi munozaralarda yangi sahifa ochishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish