iPhone 18 Pro suratlarning haqiqiyligini aniqlash tizimiga ega bo‘ladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

iPhone 18 Pro suratlarning haqiqiyligini aniqlash tizimiga ega bo‘ladi

Suniy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi fotosuratlarni tahrirlash va soxtalashtirish jarayonlarini nihoyatda osonlashtirib yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tendensiya raqamli kontentning ishonchliligiga jiddiy tahdid solayotgan bir pallada, Apple kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman qurilmalari uchun muhim texnologik yechimni ishlab chiqdi. ixbt.com manbasiga tayanib xabar qilinishicha, kelgusi avlod iPhone 18 Pro hamda iPhone 18 Pro Max modellari tasvirlar haqiqiyligini tasdiqlovchi maxsus Apple Reference Image tizimi bilan jihozlanadi.

Mazkur yangilik foydalanuvchilarga suratga olingan kadrlarning mualliflik huquqi va asl holatini tekshirish imkonini beradi. Tizim tasvir fayliga o‘ziga xos raqamli iz qoldirish orqali uning suniy intellekt yordamida o‘zgartirilmaganligini kafolatlaydi.

Bu qadam nafaqat kiberxavfsizlikni kuchaytirish, balki raqamli muhitda ishonchli vizual ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Apple kompaniyasining ushbu tashabbusi kelgusida smartfonlar bozorida vizual kontentni tekshirish standartlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish