Farg‘onada mast haydovchi urib yuborgan YPX xodimi vafot etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Farg‘onada mast haydovchi urib yuborgan YPX xodimi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini o‘tayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori fojiali tarzda vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa 31 iyul kuni kechki payt, taxminan soat 23:30 atrofida yuz bergan. Dastlabki surishtiruv ishlariga ko‘ra, Spark rusumli avtomobilni mast holatda boshqargan fuqaro YPX inspektori, serjant Hayitbek Karimjonovning to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.

Qoidabuzar haydovchi tezlikni pasaytirmasdan harakatni davom ettirgan va natijada inspektorni urib yuborgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida serjant Hayitbek Karimjonov voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Ayni damda hodisa tafsilotlarini aniqlash va qonuniy chora ko‘rish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasining barcha detallari va aybdor shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni nazoratga olingan. Mazkur fojia yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda transport vositasini mast holatda boshqarishning qanchalik xatarli ekanligini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish