
Bugun, 28 oktyabr sanasi keksa avlod vakillarini yo‘qlash, ularga ehtirom ko‘rsatish va qalban yaqinlikni his etish uchun muhim kun hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bobo va buvilarimiz shunchaki oila davrasidagi nuroniylar emas, balki nasl-nasabimizning davomchilari, ota-onalarimizning hayot yo‘lini belgilab bergan va tarixiy xotiramizni o‘zida mujassam etgan aziz insonlardir. Ularning duolari hamisha xonadonlarimizga fayz va xotirjamlik olib kiradi.
Biroq, zamonaviy hayotning sur’ati, kundalik tashvishlar, ish faoliyati hamda ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lib, ba’zan ularga yetarlicha vaqt ajrata olmaymiz. Ko‘pincha vaqt yetishmovchiligi yoki turli rejalar ortidan quvib, biz uchun jonini fido qilgan, tajribasi bilan yo‘l ko‘rsatgan yaqinlarimizni unutib qo‘yamiz.
Aslida esa, ularning borligi va bizga bo‘lgan mehri har qanday muvaffaqiyatdan qimmatliroqdir. Bugungi kun esa aynan shu kamchiliklarni to‘g‘rilash, o‘tganlar xotirasini yodga olish va hayot bo‘lganlarining holidan xabar olib, ularga bor mehrimizni ko‘rsatish uchun qulay imkoniyatdir.
Ezgu amallar bilan ularning ko‘nglini shod etish har bir farzand va nabiraning burchi hisoblanadi.






Izohlar
0