Andijon viloyatida bank tizimining rahbar o‘rinbosari pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Jinoyatchi viloyatdagi banklardan birining bosh boshqarmasida ishlagan. U garovga qo‘yilgan mulklarni sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lib, o‘z lavozimidan foydalangan holda, bir ob’ektni sun’iy ravishda arzonlashtirib, tadbirkorga imtiyozli shartlarda topshirish evaziga pul talab qilgan.
Xususan, qiymati 16,8 milliard so‘m bo‘lgan tibbiyot markazi binosi manfaat olish vositasi qilingan. Bu ob’ekt avval auksiondan o‘tmagan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari shaxsni 40 ming AQSh dollarini olayotgan paytda ushlab, dalillar bilan fosh etishdi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov choralari ko‘rilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0